Qonunchilikka ko‘ra, bir maktabda tayinlangan ustama boshqa maktabda hisobga olinmaydi. Chunki bu vaziyatda ish beruvchi o‘zgarmoqda.
Har bir maktabning direktor jamg‘armasi mablag‘lari alohida ajratiladi va ishchi guruh qarori asosida ustama tayinlanadi.
Mehnat kodeksining 19-moddasiga muvofiq mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, har ikki maktabning direktori alohida ish beruvchi sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son qaroriga ko‘ra, direktor jamg‘armasidan to‘lanadigan ustama maktabda asosiy xodim sifatida ishlayotgan xodimlarga to‘lanishi belgilangan.
Shundan kelib chiqib, bir maktabda tayinlagan ustama boshqa maktabda hisobga olinmaydi.