“Har bir fuqaro qonun hujjatlari bilan muntazam tanishib borishi lozim” – Bilim va malakalarni baholash agentligi munosabatlarga munosabat bildirdi

Bilimni baholash agentligi huquqshunoslik fanlari yuzasidan bildirilayotgan, jumladan, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning fikriga nisbatan munosabat bildirdi.

 

Xabarga koʻra, test savollarida agentlik saytida eʼlon qilingan darslik va kitoblardan chetlashish boʻlmagan.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandiga asosan test topshiriqlari umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuzilishi koʻrsatilgan.

 

Huquqshunoslik fanlari tez oʻzgaruvchi ijtimoiy fan ekanligi, qonun hujjatlari yangilanishi bilan darslikdagi maʼlumotlar eskirishi, amaldagi qonun hujjatlari bilan har bir fuqaro muntazam tanishib borishini inobatga olish lozim.

Qonun hujjatlari yangi tahrirda qabul qilinsa-da, oʻquv dasturidagi mavzular oʻzgarmay qolaveradi. Yuqoridagilarni inobatga olib, huquqshunoslik fanlari boʻyicha test sinovi materiallari amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida shakllantirilgan va test topshiriqlarining maʼno-mazmuni huquqshunoslik fanlari oʻquv dasturiga moslashtirilgan.

Qolaversa, umumiy oʻrta taʼlim tizimida chop etilgan oʻquv darsliklarining soʻngida QR-kod yordamida olinadigan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar roʻyxati keltirilgan – deyiladi agentlik xabarida.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры