Ikkita taʼlim muassasasida faoliyat yuritadigan xodim oʻrindosh sifatidagi ish joyidan ham dekret puli olishi mumkinmi?

Ikkita taʼlim muassasasida faoliyat yuritadigan xodim oʻrindosh sifatidagi ish joyidan ham dekret puli olishi mumkinmi?

Mehnat kodeksining 404-moddasiga binoan ayolga tugʻruqqacha yetmish kalendar kun hamda tugʻruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tugʻish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tugʻilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tugʻish taʼtili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin oʻrtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam boʻlmagan miqdorda nafaqa toʻlanadi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom 18-bandiga koʻra oʻrindoshlar oʻrindoshlik asosidagi ish joyi boʻyicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari olish huquqiga egadir.

 

Shunday ekan,  asosiy va oʻrindoshlikdagi ish joyidan ham homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqish va dekret puli olish mumkin.

 

Avvalroq, oʻrindosh xodimga ham sertifikat uchun ustama toʻlanishi haqida xabar bergan edik.