Toʻgarak tashkil etishni talab qilish huquqiy asosga ega.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 16-maydagi 156-sonli buyrugʻiga 41-ilovada tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim maktabi (maktab-internat) xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarida oʻqituvchining lavozim majburiyatlaridan biri sifatida oʻquvchilarning qobiliyat va isteʼdodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni oʻzlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash maqsadida oʻz fani boʻyicha toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish ham koʻrsatilgan.
Aynan shu qoidaga koʻra oʻqituvchi oʻz fani boʻyicha toʻgarak tashkil etishi kerak.
Avvalroq, kambagʻal oila farzandlarining toʻgarak xarajati 80 foizgacha byudjetdan qoplanishi haqida xabar bergan edik.
