Turkiyadagi universitetda ‘‘Oʻzbek tili va madaniyati markazi’’ ochildi — UzA

Turkiyadagi universitetda ‘‘Oʻzbek tili va madaniyati markazi’’ ochildi — UzA

Joriy yilning 17–22-noyabr kunlari Samarqand davlat pedagogika instituti delegatsiyasi Turkiyaning Ordu va Giresun universitetlarida boʻlib, bir qator ilmiy, madaniy tadbirlarda ishtirok etdi, hamkorlik aloqalarini kengaytarish boʻyicha muhim kelishuvlarga erishdi. Bu haqda UzA xabar berdi.

 

Samarqand davlat pedagogika instituti rektorining so‘ziga ko’ra, Turkiyaning Ordu universiteti va Giresun universitetlari bilan taʼlim, ilm-fan va madaniyat yoʻnalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olingan.

 

‘‘Turkiyaga bu galgi safarimiz hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarimizni yanada kengaytirish, amaldagi shartnomalar ijrosini jadallashtirishga qaratilgan edi. Jumladan, Giresunda institutimiz talabalari uchun tahsil olish kvotalari oshiriladigan boʻldi’’, – dedi Samarqand davlat pedagogika instituti rektori, professor Shahzoda Negmatova.

 

Ta’kidlanishicha, ERASMUS+ dasturi doirasida professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, Ordu universitetida “Oʻzbek tili va madaniyati markazi” ochiladi.

 

Ushbu markaz universitetda tahsil olayotgan turiyalik va xorijlik talabalar, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilarga oʻzbek tili va adabiyoti, madaniyat va tarixni oʻrganish uchun keng imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda. Markaz ochilishi munosabati bilan bu yerda “Oʻzbek madaniyati va milliy liboslari” mavzusida konferensiya oʻtkazishga ham erishilgan.