Rus tili fanidan C1 sertifikat ega o‘qituvchiga ustama to‘lanadimi?

Rus tili fanidan C1 sertifikat ega o‘qituvchiga ustama to‘lanadimi?

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-apreldagi 4-q/q-son va Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligining 2024-yil 2-apreldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 3515)ga ilovada xorijiy tillar va umumtaʻlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlangan.

 

Unga koʻra, umumtaʻlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat (oʻzbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) 80*/B+ bolsa 50 foiz ustama beriladi. Bunda rus tili va adabiyoti fani sertifikatini olgan milliy hamda rus tili sinflarida dars beruvchi pedagoglar uchun berilishi koʻrsatilgan.

 

Shuningdek, “тест по русскому языку как иностранному (ТРКИ)” C1 xalqaro sertifikati uchun 50 foiz ustama beriladi.

 

Bunda “тест по русскому языку как иностранному (ТРКИ)” sertifikati taʻlim tili rus tili boʻlmagan sinflarda dars beruvchi rus tili fani pedagoglari uchun amal qiladi.

 

Shunga koʻra, rus tili boʻyicha yuqoridagi ustama ushbu toifadagi oʻqituvchilarga beriladi.

 

Avvalroq, bog‘chalarda ingliz tili o‘qituvchilariga qanday sertifikatlar uchun ustama to‘lanishi haqida xabar bergan edik.