Moskvalik talaba Telegramdagi noqonuniy stiker sabab 15 sutkaga hibsga olindi. Sud jarayonida talaba akkaunti buzib kirilganini aytgan.
Qayd etilishicha, yaqinda Taganskiy tuman sudi Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti talabasi, 19 yoshli K.K. bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqqan.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, u Telegramda ekstremistik guruhlardan birining bayrog‘i tasvirlangan “emoji”ni joylagan. Shu orqali Rossiya qonunchiligiga asosan, “ekstremistik tashkilot ramzini ommaviy namoyish qilgan”.
Lekin talaba aybini tan olmagan va sahifasi buzib kirilganini tushuntirgan. U kirishni tiklaganida “o‘sha paytda ma’nosini bilmagan bir belgi o‘rnatilgan”ini ko‘rganini aytgan. Biroq uni olib tashlashga urinmagan.
Sud uni 15 sutka ma’muriy qamoq bilan jazolagan.
