“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish samaradorligi oshiriladi

“Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish samaradorligi oshiriladi

Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–222-son Farmoni qabul qilindi.

 

Quyidagilar Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:

 

– 16 ming nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishiga koʻmaklashish;

 

– “Mutolaa” loyihasi doirasida ilmiy-ommabop, badiiy kitoblarni muntazam oʻqib boruvchi yoshlarning ulushini 10 foizga oshirish;

 

– “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida xorijiy tillarni oʻzlashtirgan yoshlar ulushini 30 foizga oshirish.

 

Farmonga koʻra, 2026-yil 1-fevraldan belgilangan ijtimoiy yordam turlari Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:

 

– taʼlim olishni uzluksiz ravishda amalga oshirib borish;

– taʼlim jarayonida ijobiy oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishish;

– volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;

– “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.