Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachi xodimi tush paytida bog‘cha bolasiga oyog‘ini uqalatgan.
Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o’rganish ishlari olib borgan.
Mazkur holat Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 2-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgani maʼlum qilindi.
Holat yuzasidan tumandagi barcha Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarlari va bo‘lim xodimlari ishtirokida muhokamag yig‘ilishi o‘tkazilgan. Muhokam natijasiga ko’ra, 2-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi N.X bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.