Surxondaryoda o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga otgan talaba voqea joyida halok bo‘ldi

Surxondaryoda o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga otgan talaba voqea joyida halok bo‘ldi

Joriy yilning 19-noyabr kuni Surxondaryo viloyatida 18 yoshli talaba o‘zini ko‘p qavatli binoning 14-qavatidan pastga otgan.

 

Hodisa oqibatida Toshkent tibbiyot universitetining Termiz filialida 2-bosqichda o‘qiyotgan talaba voqea joyida halok bo‘lgan.

 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qilishicha, soat 16:00 lar atrofida Termiz shahar Movaro domlarida Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali 2 bosqich talabasi Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanida tug‘ilgan fuqaro yigit ko‘p qavatli uyning 14-qavatidan o‘zini tashlab voqea joyida vafot etgan.

 

Hozirda, Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.