2025-yil 18-noyabrda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 28-dekabrdagi 406-sonli buyrug‘iga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 431-sonli buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari 1 (bir) shtat birligida ajratilishi belgilandi.
Barcha umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlarining shtat birliklarida qisqarish bo‘ladi.
Shuningdek, barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchi sonidan kelib chiqib Maktab maslahatchisi lavozimlari 0.5 stavkadan 1.0 stavkagacha ajratiladi.
Buyruqqa asosan, o‘quvchilar soniga ko‘ra Maktab maslahatchisi lavozimi uchun shtat birliklari quyidagicha ajratiladi:
– 300 nafargacha bo‘lsa — 0.5 birlik;
– 301 nafar va undan ortiq bo‘lganda — 1.0 birlik.


