Camp Rising Sun — bu dunyo bo’ylab barcha mamlakatlardan 15-16 yoshdagi bolalar uchun AQShning Nyu York shahrida joylashgan yozgi oromgoh. Dastur 4 hafta davom etadi.
Qatnashchilarga o’zlari bilan olib kelish kerak bo’lgan narsalar ro’yxati taqdim etiladi. Bundan tashqari, kiyim-kechak, choyshab, qo’l soati, yoritgich hamda oila a’zolariga yoki do’stlariga xat yozish uchun konvert va pochta markalari olib kelish tavsiya etiladi.
Nomzodlar aeroportdan olib ketiladi. Dasturda qatnashish mutlaqo bepul bo’lib, ehtiyoj bo’lsa, nomzodlarning sayohat xarajatlari ham to’liq qoplanadi.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari
- Nomzod 15-16 yoshda bo’lishi kerak (2009-yil 28-avgustdan 2011-yil 28-iyungacha tug’ilgan);
- Ishtirokchilar dastur davomida to’liq 4 hafta davomida shaxsan qatnashishlari kerak;
- Nomzodlar ingliz tilida gapira olishlari zarur;
- Nomzodlar aqlan va jismonan sog’lom bo’lishlari va dastur boshlangunga qadar COVID-19 ga qarshi emlanishlari va emlanish to’g’risidagi dalolatnomaga ega bo’lishlari kerak.
Dastur maqbullik shartlari haqida batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
- Dasturda qatnashish mutlaqo bepul;
- Barcha xarajatlar, shu jumladan Nyu Yorkga borish-kelish xarajatlari, to’liq qoplanadi;
- Ishtirokchilarning ovqat bo‘yicha talablari inobatga olinadi.
Hujjat topshirish
Dasturga ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar kerak:
- To’ldirilgan ariza shakli;
- Tavsiyanoma (bu hujjat nomzodning oila a’zolari tomonidan berilmasligi kerak) va u dasturning so’nggi muddatiga qadar topshirilishi zarur.
Dasturga ushbu havola orqali hujjat topshirish mumkin.
Dasturga ariza topshirishning so’nggi muddati: 2025-yil 15-dekabr.
Nomzodlar quyidagi davrlardan birini tanlashlari kerak:
- O’g’il bolalar: 28-iyundan 25-iyulgacha;
- Qiz bolalar: 31-iyuldan 27-avgustgacha.
Qabul qilingan nomzodlar uchun intervyular 2025-yilning yanvar/mart oylarida o’tkaziladi.
Eng koʻp berilgan savollar roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.
