Muhokamalar portaliga ‘‘Kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlarni tasdiqlash haqida’’ qaror loyihasi e’lon qilindi.
Loyihaga ko’ra, kasbiy taʼlim tashkilotlarini kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda baholash mezonlari boʻyicha indikatorlar keltirilgan.
Unda 7 ta yo‘nalishlar belgilangan:
1. Tashkiliy-boshqaruv faoliyati yoʻnalishi – taʼlim tashkilotining malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan strategik rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish va nazorat jarayonlari samaradorligi oʻrganiladi;
2. Taʼlim sifatini taʼminlash yoʻnalishi – taʼlim tashkiloti faoliyati, taʼlim jarayoni va natijalarini rejalashtirish va amalga oshirish, monitoring qilish va takomillashtirish, boshqaruv mexanizmlari hamda ushbu jarayonlarni DTSlari va akkreditatsiya mezonlariga mosligi baholanadi;
3. Oʻquvchilar faoliyati yoʻnalishi – taʼlim tashkilotida oʻquvchilarning taʼlim jarayonidagi ishtirokini, oʻquv natijalarini egallash darajasini, ijtimoiy, madaniy va innovatsion faoliyatlardagi ishtirokini qamrab oluvchi, taʼlim sifatini va shaxsiy rivojlanishni taʼminlovchi jarayonlar oʻrganiladi;
4. Oʻquv jarayonini tashkil etish yoʻnalishi – taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya oʻquv jarayoni DTS va taʼlim dasturidagi nazariy hamda amaliy mashgʻulotlarning oʻzaro uygʻunligi asosida tashkil etilganligi, oʻquv natijalari oldindan belgilangan mezonlar asosida xolis va shaffof tamoyillariga amal qilinganligi baholanadi;
5. Inson resurslari yoʻnalishi – kasbiy taʼlim tashkilotida taʼlim sifatini oshirish va strategik maqsadlarga erishish maqsadida pedagog, maʼmuriy va texnik xodimlarning bilim, koʻnikma, tajriba, salohiyat hamda kasbiy rivojlanishini taʼminlovchi tizimli boshqaruv faoliyati baholanadi;
6. Oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi – taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarning oʻquv jarayoni va hayotda yuz berishi mumkin boʻlgan muammolarini bartaraf etishga, shuningdek ularning ruhiy, ijtimoiy va taʼlimga oid ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan tizimli chora-tadbirlar majmuasidir;
7. Moddiy-texnik taʼminot yoʻnalishi – taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayonini samarali, xavfsiz va yuqori sifatda tashkil etish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlar, oʻquv-laboratoriya xonalari, uskunalar, axborot-kommunikatsiya vositalari, kutubxona fondi, amaliyot jihozlar hamda infratuzilmani rejali ravishda yaratish, yangilash va saqlash tizimi baholanadi.
Loyiha bilan to‘liq tanishish va ovoz berish
