Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi. Imtihon oldidan muhim eslatmalar

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional  ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

 

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

 

Ta’kidlash lozim, oldinroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ijodiy imtihonlar 1–25- iyul kunlari, kirish test sinovlari esa 14-iyuldan 28-iyulgacha o‘tkazilishi rejalashtirilganini bildirgandi.

 

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

 

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, abituriyent qaysi smenada bo‘lsa, imtihon boshlanish vaqtidan kamida 1 soat oldin imtihon o‘tadigan binoga yetib borishi, yarim soat oldin o‘ziga belgilangan joyga borib o‘tirgan bo‘lishi kerak.

 

Imtihonda qatnashish uchun faqatgina 2 ta hujjat: pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bo‘lishi kerak. Ruxsatnomani oddiy qog‘ozga chiqarib olsa yetarli.

 

Imtihonda abituriyent test topshiradigan faniga qarab kimyoviy elementlar jadvali, doimiy fizik kattaliklar va shartli belgilashlar jadvali hamda kimyo, fizika va matematikadan asosiy formulalar javdallari berilishi mumkin. Alohida qoralama berilmaydi, test kitobchasini qoralama sifatida ishlatish mumkin.

 

Imtihonda jami 5 ta fandan 90 ta savol bo‘ladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 189.

 

Bundan tashqari, Joriy yilda test sinovlarini o‘tkazish uchun 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafar guruh nazoratchisi tanlab olingan. Shuningdek, gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры