Toshkentda an’anaviy san’at maktabi tashkil etilishi rejalashtrilmoqda

Toshkentda an’anaviy san’at maktabi tashkil etilishi rejalashtrilmoqda

Muhokamalar portalida “Toshkent shahrida an’anaviy san’at maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

 

Unga ko‘a, Toshkent shahrida Buyuk Britaniyaning Qirollik jamg‘armasi (The King‘s Foundation) bilan hamkorlikda An’anaviy san’atlar maktabi tashkil etilishi mumkin. Uning maqomi qo‘shimcha ta’lim tashkilotiga tenglashtiriladi.

 

Qayd etilishicha, mazkur qaror an’anaviy va amaliy san’at sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini tashkil etish, akademik va ilmiy almashinuvlarga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishni nazarda tutadi.

 

Maktabning asosiy yo‘nalishi milliy va xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq holda an’anaviy va amaliy san’at sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash hisoblanadi.

 

Maktab Islom sivilizatsiyasi markazi qoshidagi Xattotlik maktabining Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.