Qo‘qon davlat universiteti axborot xizmati tomonidan yangi medialoyiha – “UniverNews” informatsion dasturi yo‘lga qo‘yildi.
Endilikda universitet hayotiga oid so‘nggi yangiliklar, tadbirlar, intervyular va qiziqarli suhbatlarni onlayn tarzda 24/7 formatida kuzatib borish imkoniyati yaratildi.
Mazkur loyiha orqali talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda keng jamoatchilik universitetning rasmiy Telegram va YouTube sahifalari orqali dastur efirini bevosita tomosha qilishlari mumkin:
Telegram: https://t.me/Kokand_SU
