Helmut Veith stipendiyasi har yili Axborot texnologiyalari bo’yicha iste’dodli va qobiliyatli xotin-qizlarni Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichini bepul davom ettirish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanadi.
Nomzodlar Vena texnologiya universitetida Computer Science yo’nalishining ingliz tilida olib boriladigan magistratura kursida o’qish istagiga ega bo’lish bilan birga avstriyalik olim Helmut Veith ishlagan sohalarning kamida bittasi bo’yicha matematik va texnologik bilimga ega bo’lishi lozim.
Dastur quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
- Master in Logic and Computation
- Master in Business Informatics
- Master in Computer Engineering (Technische Informatik)
- Master in Data Science
- Master in Media and Human-Centered Computing
Nomzodlardan kuchli matematik bilim va quyidagi sohalarga qiziqish so’raladi:
- Logic in Computer Science
- Formal Methods and Verification
- Foundations of Artificial Intelligence
- Algorithms and Complexity
- TheoryComputer Security
Maqbullik shartlari
Nomzodlar:
- Bakalavr bosqichini Computer science yoki matematika/texnologiya sohasi bo’yicha yakunlagan ayol va qizlar bo’lishi;
- Kuchli matematik va texnik salohiyat;
- Ingliz tilini yaxshi bilish;
Maqbullik shartlari haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada o’qish mumkin.
Foydali tomonlari
- Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichida o’qish uchun kontrakt to’lovidan ozod qilinadi;
- 2 yil davomida yiliga €7,000 stipendiya bilan ta’minlanadi.
Dastur ishtirokchilari o’qish davomida yaxshi natijalar ko’rsatishlari kerak, ya’ni magistratura bosqichi boshlanganidan buyon o’rtacha har bir kurs uchun tegishli o’quv dasturidan kamida 25 ECTS krediti (oxirgi muddat – qishki semester uchun 30-aprel;
– yozgi semester uchun 30-noyabr) va kamida o’rta hisobda 1,5 darajada baholar olishi lozim. Aks holda, stipendiya bekor qilinishi mumkin. Stipendiya sohiblari o’qish davomida Avstriyada istiqomat qilishlari kerak.
