Musiqa ta’limi yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Musiqa  ta’limi yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:

 

– umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;

 

– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;

 

– davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

 

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo‘yicha ishlashlari mumkin:

 

– musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi;

 

– O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;

 

– umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;

 

– umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassalarida laborant;

 

– kabinet mudiri.

 

Avvalroq maktabgacha ta’lim yo‘lanishi bitiruvchilari qayerlarda ishlashi mumkinligi haqida xabar bergan edik.