Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlariga 381,7 ming nafar talaba oʻqishga qabul qilingan.
Bu koʻrsatkich 2020/2021 oʻquv yiliga nisbatan 2,2 barobarga oshgan.
Ularning 196,7 ming nafarini qiz bolalar, 185 ming nafarini oʻgʻil bolalar tashkil etgan.
Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha:
– Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 18,6 ming;
– Andijon viloyati – 12,5 ming;
– Buxoro viloyati – 31,5 ming;
– Jizzax viloyati – 6,3 ming;
– Qashqadaryo viloyati – 28,8 ming;
– Navoiy viloyati – 9,2 ming;
– Namangan viloyati – 16,1 ming;
– Samarqand viloyati – 21,2 ming;
– Surxondaryo viloyati – 16,8 ming;
– Sirdaryo viloyati – 5,3 ming;
– Toshkent viloyati – 22,7 ming;
– Fargʻona viloyati – 20,7 ming;
– Xorazm viloyati – 16,8 ming;
– Toshkent shahri – 155,2 ming.
