Farg‘onadagi bog‘chada sovuq xonalar muammosi bo‘yicha viloyat MMTB izoh berdi

Farg‘onadagi bog‘chada sovuq xonalar muammosi bo‘yicha viloyat MMTB izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Quva tumani 43-bog‘cha xonalari sovuq, bolalar kasal bo‘lib qolishi uchunmi?” mazmunida xabarlar tarqaldi.  Holat yuzasidan Farg’ona viloyati MMTB rasmiy munosabat bildirdi.

 

Unga ko‘ra, mazkur holat tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan.

 

Quva tuman hokimligi va mas’ul tashkilot tomonidan mavjud muammo bartaraf etilgan.

 

Ayni damda tumanidagi 43-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida isitish tizimi belgilangan me’yorda ishlamoqda. Barcha xonalar talab darajasida isitilayotganini ma’lum qilamiz, — deyiladi bayonotda.