Janubiy Koreyaning ilm-fan va texnologiyalar yo‘nalishida yetakchi, mamlakat bo‘yicha birinchi, Osiyo universitetlari orasida esa to‘qqizinchi o‘rinda turuvchi KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) 2026-o‘quv yilidan boshlab bakalavr bosqichida to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi — KAIST Scholarship uchun qabulni e’lon qiladi.
Mazkur dastur ilm-fan va texnika sohasida tadqiqot olib borishga qiziqqan, yangilik yaratishga intiluvchi, shuningdek jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun hissa qo‘shishni maqsad qilgan barcha millat vakillari uchun mo‘ljallangan.
Ta’lim yo‘nalishlari
O‘qishga qabul qilingan talabalar dastlabki o‘quv yilida umumta’lim fanlarini o‘zlashtiradilar. 2-kursdan boshlab esa quyidagi yo‘nalishlardan birini tanlab tahsilni davom ettiradilar:
-
tabiiy va hayotiy fanlar;
-
muhandislik (engineering);
-
bioinjeneriya;
-
biznes boshqaruvi.
Grantning afzalliklari
KAIST granti g‘oliblari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
-
8 semestr (4 yil) davomida o‘qish to‘lovidan to‘liq ozod etiladi;
-
Oylik stipendiya — 350 000 KRW (taxminan 240 AQSh dollari);
-
Tibbiy sug‘urta xarajatlari qoplanadi.
Dasturga qo‘yiladigan talablar
-
2026-yil 31-avgustgacha o‘rta maktabni tamomlagan yoki tamomlayotgan nomzodlar ariza topshira oladi;
-
nomzod hamda uning ota-onasi Janubiy Koreya fuqarosi bo‘lmasligi kerak (xalqaro talabalar uchun);
-
ariza topshirish vaqtida nomzod boshqa universitetga hujjat topshirmagan bo‘lishi shart;
-
koreyalik millat vakillari dasturga faqat Koreyadan tashqarida o‘qishni tamomlagan bo‘lsalar, ariza topshira oladilar;
-
stipendiya iqtidorli talabalargagina berilgani bois, talaba birinchi oʻquv yilini 4.3 dan kamida 2.7 natija (GPA) bilan tugatishi shart.
Eslatma: Dasturga Koreya fuqarolari ham ariza topshirishlari mumkin. Talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Kerakli hujjatlar:
-
Onlayn ariza (ariza to‘lovi — $80 yoki 80 000 KRW);
-
Notarial tasdiqlangan maktab attestati yoki diplom hamda baholar ilovasi nusxasi (ingliz tilida);
-
1 ta tavsiyanoma xati;
-
Arizachining pasport nusxasi;
-
Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatning test markazi tomonidan yuborilgan rasmiy nusxasi (Ixtiyoriy; eng kamida IELTS-6.5, TOEFL iBT 83 yoki shu natijaga teng boshqa test);
-
Moliyaviy taʼminot haqida maʼlumotnoma (Onlayn arizaning ichida: KAIST grant dasturini yoki homiylik orqali qoplanishini belgilashi shart);
-
Yutuq va mukofotlarni tasdiqlovchi 5 tagacha hujjat nusxasi (ixtiyoriy);
-
Nomzod maktabining profil manzili (veb-sayt, broshyura va b.);
-
Rasmiy standart test natijalarining test markazi tomonidan yuborilgan rasmiy nusxasi (SAT, AP, IB, GCE A-Level, ACT, yakuniy imtihon natijasi, universitetga kirish bali yoki Xalqaro olimpiada sertifikati).
Eslatma: Arizachilarning grant uchun alohida hujjat topshirishlari shart emas, balki kirish talablariga javob berishning oʻzi yetarli. Tavsiyanoma xati muddat tugagunga qadar joʻnatilishi lozim. Onlayn arizani toʻldirishning imkoni boʻlmaganda, hujjatlarni pochta orqali joʻnatish kerak. Ariza qabul qilingach unga hech qanday oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi. Batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.
Qabul muddati
KAIST universitetida uch bosqichli qabul muddati mavjud:
-
erta qabul;
-
doimiy qabul;
-
kechki (kuzgi) qabul.
Doimiy qabul uchun so‘nggi muddat: 2026-yil 6-yanvar.
Arizasi qabul qilingan nomzodlar intervyu bosqichiga taklif qilinadi. Intervyu sanasi va yakuniy natijalar haqida xabardor bo‘lish uchun arizachilarga elektron pochtalarini muntazam tekshirib borish tavsiya etiladi.
Qabul, intervyu va yakuniy natija muddatlari bilan batafsil bu sahifada tanishish mumkin. Grant uchun alohida hujjatlar talab qilinmagani bois, yakuniy xulosaga koʻra oʻqishga qabul qilingan barcha talabalar avtomatik tarzda KAIST grantiga tavsiya etiladilar.
