Maktabgacha ta'lim agentligi tashkiliy tuzilmasidan Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi tasarrufiga o'tkazilayotgan tashkilotlar ro'yxati e'lon qilindi - Ta’lim xabarlari
Maktabgacha ta’lim agentligi tashkiliy tuzilmasidan Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tasarrufiga o’tkazilayotgan tashkilotlar ro’yxati e’lon qilindi

Prezidentning tegishli Farmoni bilan Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi.

 

Unga ko’ra, Maktabgacha ta’lim agentligi tarkibidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga o’tkaziladigan tashkilotlar ro’yxati ma’lum qilindi. Unga ko’ra quyidagi tashkilotlar ushbu ro’yxatdan joy olgan:

 

–  Toshkent shahridagi “A.I.Gersin nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali;

 

–  Toshkent shahridagi Puchon universiteti;

 

–  “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

 

–  Eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

 

–  “Ilk qadam” (IQ) jurnali tahririyati” DUK;

 

–  Pedagogika kollejlari;

 

–  “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” MCHJ;

 

–  Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi;

 

–  Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры