Ertaga koʻrishida nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham toifa sinovlari bo‘lib o‘tadi

Ertaga koʻrishida nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham toifa sinovlari bo‘lib o‘tadi

Avgust–dekabr oylarida bo‘lib o‘tayotgan malaka sinovlarida 12-noyabr kuni soat 14:00 da (bir kunda) koʻrishida nuqsoni boʻlgan (bu haqida maxsus guvohnomasi mavjud) pedagoglarning murojaatlari asosida hamda ularga qulaylik yaratish maqsadida ushbu pedagoglar uchun barcha fanlar boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladi.

 

Xabaringiz bor, 2025-yil 21-oktyabr kunidan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, 12-noyabr kuni toifa sinovilarda umumtaʼlim maktablarining kimyo va fizika fanlari oʻqituvchilari ishtirok etishlari haqida xabar bergan edik.

 

 Ma’lumot uchun, sinovlarda ishtirok etuvchi pedagoglar:

–  o‘zlariga biriktirilgan yordamchisi (biriktirilganligi to’g’risidagi buyruq hamda mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjat bilan);

–  shuningdek, tasdiqlovchi hujjatlari va guvohnomalari bilan kelishlari shart.