Buyuk Britaniyaning Higher Education Policy Institute (HEPI) tashkiloti oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilishni taklif qildi.
“A Call for Radical Reform: Higher Education for a Sustainable Economy” nomli yangi hisobotda universitetlar an’anaviy to‘liq bakalavriat dasturlari o‘rniga qisqa muddatli, modul asosidagi ta’lim shakllarini kengaytirishga chaqirilgan.
Hisobot muallifi, ‘‘The Open University’’ sobiq rektori Tim Blekmen, to‘liq vaqtli bakalavriat modeli “ortiqcha xarajatli va iqtisodiy jihatdan barqaror emasligini” ta’kidladi.
Uning fikricha, qisqa muddatli kurslar va hayot davomida o‘qitish tizimlari mehnat bozori ehtiyojlariga tezroq moslashadi hamda talabalar uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratadi.
Institut direktori Nik Hillman mazkur tavsiyalarni “oliy ta’lim siyosatini yangilash uchun muhim qadam” deb baholadi. Unga ko‘ra, universitetlar jamiyatda ekologik mas’uliyatni oshirish, axborot ishonchliligini ta’minlash va barqaror iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shishda faolroq bo‘lishi kerak.
