Toifa sinovida yuqori ball to‘plagan matematika fani o‘qituvchilari e’lon qilindi

Toifa sinovida yuqori ball to‘plagan matematika fani o‘qituvchilari e’lon qilindi

Ayni kunlarda pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlari davom etmoqda. 10–11-noyabr kunlari mazkur sinovlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining matematika fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabariga ko’ra, toifa sinovlarida quyidagi o‘qituvchilar yuqori natijalarni qayd etishgan:

 

– Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani ixtisoslashgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi Jasurbek Qo‘shaquv 100 ball,

 

– Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchisi Jahongir Mirzaqulov matematika fanidan 98 ball, ingliz tili fanidan 90 ball,

 

– Xorazm viloyati, Shovot tumanidagi 6-maktabning matematika fani o‘qituvchisi Nurbek Matqurbanov 96 ball,

 

– Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 14-maktabning matematika fani o‘qituvchisi Zohidjon Xudayberganov 94 ball,

 

– Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 2-maktabning matematika fani oʻqituvchisi Ziyoda Saparova 92 ball to’pladi.

 

Avvalroq, malaka sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan matematika fani o‘qituvchilari e’lon qilingandi.

 

Shuningdek, Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 1-umumta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Mo’minova Shohida Qurbonnazarovna ushbu test sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 94 ball to’plab, oliy toifani himoya qilgani haqida xabar berilgandi.