Oylik ish haqi toʻlovlarini amalga oshirish jarayonida inobatga olishini kerak boʻlgan ayrim qonunchilik hujjatlariga (21.10.2025-yildan boshlab) kiritilgan oʻzgartirishlar va boshqa tushuntirishlar:
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori 13-bandi 4-xat boshi bilan toʻldirildi.
Bunda direktor jamgʻarmasida ajratilgan mablagʻlar yetarli boʻlmagan hollarda umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlariga moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha ishchi guruh qarori va direktor buyrugʻi qabul qilinmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yaqnvardagi 34-son qarori 11-bandi qayta tahrirlanib, C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan (ТРКИ) sertifikatga ega rus tili fani oʻqituvchilariga faqatgina umumtaʼlim muassasalari xodimlariga ustama toʻlanilishiga aniqlik kiritildi.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ikkinchi til sifatida faoliyat olib borayotagan rus tili (ТРКИ) sertifikatiga ega xodimlariga toʻlovlar amalga oshirilmasligini nazoratga olinishi lozim.
