Bilimni baholash agentligi mutaxassilarining ma’lum qilishicha, imtihonlar ikki smenada tashkil qilinadi.
Birinchi smenadagi imtihonlar 8:00 da va ikkinchi smenadagi imtihonlar esa 15:00 da bo’lib o’tishi belgilangan.
Har bir smenada abituriyentlarni ro’yxatga olib, ularni imtihon bo’lib o’tadigan hududga kiritish, imtihon jarayonlarini tushuntirish hamda javoblar varaqasini tekshirish ishlari ikki soat oldin boshlanishi reja qilingan. Bunda:
– birinchi smenadagilar 6:00 dan 7:30 gacha;
– ikkinchi smenadagilar 13:00 dan 14:30 gacha bo’lgan vaqtda davom etadi.
Imtihon jarayonlarida birinchi smenada 7:30 dan va ikkinchi smenada esa 14:30 keyin keladigan abituriyentlar ham bo’ladi. Biz bunday paytda ularning vaziyatini hamda imtihonlar hali boshlanmaganligini inobatga olgan holatda ularni test topshirish hududlariga kirishiga ruxsat beramiz – deydi Bilimni baholash agentligi mutaxassislari