Oʻzbekistonda kutubxonalar va ulardan foydalanuvchilar soni qancha?

Oʻzbekistonda kutubxonalar va ulardan foydalanuvchilar soni qancha?

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida 14 999 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kutubxonalarda 85 million nusxada kitob, jurnal va boshqa nashrlar mavjud. Ulardan 12,8 million kishi muntazam foydalanuvchi sifatida qayd etilgan.

— 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar — 31,6 %;

— 15–24 yoshdagi o‘smirlar — 45,9 %;

— 25 yosh va undan kattalar — 22,6 %.

 

Hududlar kesimi bo‘yicha eng yaxshi to‘rtlikda quyidagilar mavjud:

  1. Farg‘ona viloyatida — 2 108 ta,
  2. Samarqand viloyatida — 1 863 ta,
  3. Qashqadaryo viloyatida — 1 476 ta,
  4. Toshkent viloyatida — 1 467 ta.

 

Eng kam kutubxonalar esa Navoiy viloyatida (489 ta) va Sirdaryo viloyatida (526 ta) faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, Toshkent shahrida — 701 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 934 ta, Buxoro viloyatida — 764 ta, Xorazm viloyatida — 688 ta kutubxona mavjud.

 

Oʻzbekistonda kutubxonalar va ulardan foydalanuvchilar soni qancha?