MEXT (UR): Yaponiyaning APU universitetida magistratura va PhD bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grant

MEXT (UR): Yaponiyaning APU universitetida magistratura va PhD bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grant

Yaponiya Ta’lim, Madaniyat, Sport, Fan va Texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan MEXT (UR) granti magistratura va PhD bosqichida tahsil olishni istovchi xorijiy talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, Yaponiya universitetlarida xalqaro talabalar almashinuvini kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishni maqsad qiladi.

 

Grant sohiblari nafaqat o‘qish to‘lovlaridan to‘liq ozod etiladi, balki ularga oylik stipendiya hamda borish-kelish xarajatlari uchun aviachiptalar taqdim etiladi. Yaponiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan barcha mamlakat fuqarolari (shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari) APU universitetiga o‘qishga qabul qilingan taqdirda ushbu stipendiyaga ariza topshirish huquqiga ega.

 

Ma’lumot uchun: MEXT stipendiyasi dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi Osiyo-Tinch okeani universiteti (APU)da to‘liq bepul ta’lim olish imkonini beradi.

 

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Maqbullik shartlari

 

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

 

  • APU universitetining magistratura yoki PhD bosqichiga qabul qilingan bo‘lishi kerak;

  • 1991-yil 2-apreldan keyin tug‘ilgan bo‘lishi shart;

  • Yaponiya fuqarosi bo‘lmasligi va yashab turgan mamlakati Yaponiyaga diplomatik aloqador davlatlar ro‘yxatida bo‘lishi lozim (O‘zbekiston ushbu ro‘yxatda mavjud);

  • O‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 3.00 tizimda kamida 2.30 bo‘lishi kerak;

  • Ingliz tili sertifikati talab qilinadi (kamida IELTS 6.5 yoki unga tenglashtirilgan natija);

  • Ariza topshirish vaqtida talaba maqomida Yaponiyaga viza olish huquqiga ega bo‘lishi lozim;

  • Harbiy xizmatda bo‘lgan yoki harbiy tuzilmalarda ishlayotgan shaxslar ariza topshira olmaydi;

  • Ilgari MEXT grantini yutgan nomzodlar kamida 3 yillik tanaffus olmaguncha qayta ariza bera olmaydi;

  • MEXTning ushbu turiga ariza berganlar boshqa stipendiya yoki grant dasturlarida, jumladan, MEXTning boshqa turlarida qatnasha olmaydi;

  • Faqat 2024-yil 22-martdan keyin olingan ingliz tili sertifikatlari qabul qilinadi.

 

Eslatma: bu umumiy talablar bo‘lib, tanlangan yo‘nalishga qarab qo‘shimcha shartlar belgilanadi.

 

Foydali jihatlari

 

– APU universiteti tomonidan 100% o‘qish to‘lovi qoplab beriladi;

– yashash xarajatlari uchun oyiga 144 000 yapon iyenasi (taxminan 970 AQSH dollari) miqdorida stipendiya to‘lanadi (miqdor o‘zgarishi mumkin);

– talabalarga borish-kelish uchun ekonom-klassdagi aviachipta bilan ta’minlanadi.

 

Hujjat topshirish tartibi

 

Dasturga ariza topshirish uchun qabul 2025-yil 1-sentyabrda ochiladi. Qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishi mumkin.

 

Eslatma: Nomzodlar oʻz arizalarini istalgan vaqtda oʻzlari xohlagan yoʻnalish uchun oxirgi muddatdan oldin topshirishlari mumkin. Taqdim etish vaqtidan qatʼi nazar, arizalar tegishli ariza topshirish muddati tugamaguncha koʻrib chiqilmaydi.

 

Muhim sanalar:

 

  • 2026-yilda o‘qishni boshlash uchun ariza 2025-yil 12-noyabrgacha topshirilishi kerak;

  • Universitet barcha arizalarni ko‘rib chiqadi va MEXT stipendiyasi uchun tavsiya etiladigan nomzodlarni tanlaydi;

  • Zarurat tug‘ilganda, qo‘shimcha hujjatlar so‘raladi;

  • Stipendiya natijalari haqida faqat saralangan nomzodlar xabardor qilinadi.

 

Eslatma: nomzodlar arizani istalgan vaqtda topshirishlari mumkin, biroq barcha arizalar belgilangan yakuniy muddat tugagach ko‘rib chiqiladi.