Trustee Scholarship — AQSHning Boston universiteti bakalavriat bo’yicha o’qishni xohlovchilar uchun tashkil etilgan grant dasturi.
Dasturga ushbu universitetga 1-kursga qabul qilingan talabalar ariza topshirishlari va 4 yil davomida kontrakt to’lovlaridan ozod holda o’qish imkoniga ega bo’lishlari mumkin.
Har yili 20 nafar eng yaxshi talabalar dasturga qabul qilinadi.
Dastur haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olish mumkin.
Maqbullik shartlari
-
Boston universitetining bakalavriat bosqichiga qabul qilingan bo’lishi;
-
Maktab/kollejdagi baholari a’lo darajada bo’lishi;
-
2 ta mavzudan biriga 600 so’zdan oshmagan esse (insho) yozishlari (mavzular);
-
Ingliz tilini mukammal bilish lozim.
Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Foydali tomonlari
-
4 yillik kontraktdan ozod etiladilar (bunda talabaning keyingi yillardagi akademik o’zlashtirishi hisobga olinadi);
-
Talabalar uchun majburiy barcha to’lovlardan ozod etiladi.
Dasturning foydali jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali bilib olish mumkin.
Hujjat topshirish
Nomzodlar avval universitetga qabul qilinishlari uchun barcha talablarga javob berishlari lozim.
Kerakli hujjatlar:
-
Maktab attestati yoki kollej/akademik litsey diplom baholari. Batafsil;
-
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 7, TOEFL iBT 90-100 yoki ekvivalenti. Til bilish darajasi haqida batafsil);
-
Pasportdan nusxa;
-
Moliyaviy ahvol haqida ma’lumotnoma;
-
2 ta mavzudan biriga 600 so’zlik insho va boshqalar.
Eslatma: Nomzodlar til bilish sertifikatini topshirishdan ozod qilinishi mumkin. Buning uchun ushbu havola orqali ariza topshirish kerak.
Hujjat topshirish jarayonlari haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali o’qish mumkin.
