Qizlar o‘rtasida matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan saralash olimpiadasining hududiy bosqichi boshlanmoqda.
Saralash olimpiadasida kimlar ishtirok eta oladi?
Asosiy olimpiadaning ikkinchi – tuman (shahar) bosqichida matematika hamda informatika fanlaridan 9-, 10-, 11-sinflar kesimida eng yuqori natija ko’rsatgan 3 nafargacha o’quvchi-qizlar, agentlik tizimidagi prezident hamda ijod maktablaridan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatidan 8-, 11-sinflar kesimida tanlangan 3 nafargacha o’quvchi-qizlar, Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida ishtirok etgan qizlar, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan tavsiya etilgan 8-sinflar ham o’z bilimini sinab ko’rish imkoniga ega bo’ladi.
Olimpiada tartibi qanday?
Matematika fanidan ishtirokchilarga 5 ta turli murakkablikdagi yozma ish topshiriqlari beriladi. Bajarish uchun 180 daqiqa vaqt ajratiladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan qizlar 5 ta masalani onlayn portalda yechadilar. Buning uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi.
C++, Python yoki Java dasturlash tillaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Har bir fan yo’nalishi bo’yicha eng yuqori natija ko’rsatgan sinflar kesimida dastlabki 15 nafar qiz xalqaro olimpiadadagi saralashning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadi.
