“Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi - Ta’lim xabarlari
“Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

Joriy yilning 28-iyun kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan “Taʼlimda zamonaviy texnologiyalar: muammolar, yechimlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, YUNESKO, YUNISEF, Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi mas’ullari ham dolzarb mavzularda ma’ruza va taqdimotlar qilishdi.

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad:

– taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish orqali oʻqitishning interfaol shakl va metodlarini tahlil qilish;

– taʼlim mazmuni, sifati va samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning integratsiyasi boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish;

– pedagogik dasturiy vositalar, shu jumladan, raqamli taʼlim resurslari va multimediali kontentlarni yaratish texnologiyalarini koʻrib chiqish;

– taʼlimda sunʼiy intellekt texnologiyalari va immersiv (VR, AR va MR) vositalarning samaradorliklarini muhokama qilish;

– taʼlim ishtirokchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalarni oʻrganish.

Shuningdek, konferensiya orqali raqamli taʼlimni rivojlantirish boʻyicha mavjud muammolarni qiyosiy tahlil qilish hamda ularga innovatsion yechimlarni topish bo‘yicha tajriba va bilim almashish maydonini yaratish hisoblanadi.

Tadbirda respublikamizning turli hududlaridan 1000 nafardan ortiq taʼlim sohasidagi olimlar, ekspertlar va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari oflayn va onlayn tarzda ishtirok etdi.

Shu bilan birga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Mehnat bozori tadqiqotlari instituti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli taʼlim texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Toshkent shahridagi Inha, Toshkent davlat pedagogika, Toshkent axborot texnologiyalari universitetlari bilan bir qatorda Education-EdTech, Eduten Physics Aviary kabi xalqaro kompaniyalari, Koreya milliy transport universiteti, Yaponiyaning Kokushikan universiteti, Rossiyaning Shimoliy federal universitetning Axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlar oliy maktabi yetakchi mutaxassislari tomonidan taʼlim sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha kun tartibida turgan dolzarb muammolar va ularning yechimlariga bagʻishlangan maʼruzalar taqdim etildi.

Hozirgi davrda oʻqituvchilarning raqamli savodxonligi va ularning malakasini oshirish, ilgʻor tajribalarni oʻrgangan holda sohaga zamonaviy yechimlarni joriy qilishga qaratilgan turli masalalar yuzasidan ham taklif va mulohazalar oʻrtaga tashlandi.

Xususan, tadbir davomida mutaxassislar tomonidan quyidagi 6 ta yoʻnalishda maʼruzalar qilindi:

– taʼlimda raqamli texnologiyalar: innovatsiyalar va zamonaviy tendensiyalar;

– taʼlimga oid multimedia va interfaol resurslarni yaratish texnologiyalari hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari;

– raqamli taʼlimni rivojlantirish: muammolar va istiqbollar;

– taʼlim jarayonida kiberxavfsizlikni taʼminlash;

– pedagogik texnologiyalar: oʻqitishning interfaol shakl va metodlari;

– ınklyuziv taʼlimni tashkil etishda innovatsion yechimlar.

Taʼkidlash lozim, oʻtkazilgan konferensiyada ishtirok etish uchun bugungi kunga qadar 400 ga yaqin ortiq ilmiy maqola va tezislar kelib tushdi. Mazkur maqolalar konferensiya yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda, tegishliligi boʻyicha saralandi va Markazning maxsus toʻplamida chop etish uchun tayyorlanmoqda.

Konferensiya davomida oʻtkazilgan muhokamalar natijasida taʼlimga raqamli texnologiyalarni joriy etish, bu borada taʼlim mazmunini boyitib borish, shuningdek, pedagoglarni metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan turli muammolar va ularning yechimlari boʻyicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры