Namangan viloyati, Uychi tumani 26-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Marziya Jo‘rayeva malaka sinovlarida qatnashib, 88 ballni qo‘lga kiritdi va 70% lik ustamaga da‘vogarlar safiga qo‘shildi.
Marziya Jo‘rayeva attestatsiya jarayonlari, savollar darajasi va faoliyati haqida so‘zlab berdi.
«Agar ustozlar ko’p yillik tajribaga ega hamda o’z ustida tinmay ishlagan bo‘lsa, bu attestatsiya imtihonlarida yuqori ballarga erisha oladilar.
Savollar darajasi albatta, oldinga qo’yilgan yutuqlar holatiga qaraydi. Biz 3 ta yutuqqa erishishimiz mumkin. 70% ustama, vazir ustamasi va albatta yil o’qituvchisi tanlovining 1-bosqichidan o’tish. Shuning uchun, ham savollar darajasi o’qituvchilarga ajratilgan 3 xil imkoniyat, 3 xil imtiyozni inobatga olgan holda yaratilgan deb o’ylayman», — deydi o‘qituvchi.
Avvalroq, IELTS 8 sertifikati bor o‘qituvchi attestatsiya savollari bo‘yicha e’tiroz bildirganligi haqida xabar bergandik.
Shuningdek, attestatsiya sinovlari bo‘yicha respublika ingliz tili fani o’qituvchilari nomidan Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zozaxon Karimovaga murojaati yuzasidan vazirlik munosabat bildirgandi.
