Buyuk Britaniyada xarajatlari to‘liq qoplanadigan 8 haftalik tadqiqot dasturi — ERA Fellowship Winter 2026

Buyuk Britaniyada xarajatlari to‘liq qoplanadigan 8 haftalik tadqiqot dasturi — ERA Fellowship Winter 2026

Buyuk Britaniyada barcha xarajatlari to‘liq qoplanadigan 8 haftalik tadqiqot dasturi — ERA Fellowship Winter 2026 e’lon qilindi.

 

 

Dastur Buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida 2026-yil 2-fevraldan 27-martgacha o‘tkaziladi. Ushbu mavsumda uch yo‘nalish bo‘yicha 30–35 nafar ishtirokchi saralab olinadi.

 

 

Qatnashchilar sun’iy intellekt tizimlarining xavf-xatarlarini kamaytirish maqsadida texnik va/yoki boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish ustida tadqiqot olib boradilar. Shuningdek, ular ilg‘or AI kelajagini shakllantirayotgan yetakchi tadqiqotchilar, tadbirkorlar va siyosatchilar bilan aloqalar o‘rnatish imkoniga ega bo‘ladilar.

 

 

Dastur quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni qabul qiladi:

 

 

– technical AI Governance;

 

– AI Governance;

 

– technical AI Safety.

 

Maqbullik talablari:

– 18 yoshdan katta barcha nomzodlar ishtirok etishi mumkin;

 

– dastur AI xavfsizligi va boshqaruvi yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan yosh olimlar hamda mutaxassislar uchun mo‘ljallangan;

 

– quyidagilar afzal hisoblanadi: AI xavfsizligini tadqiq etayotgan doktorantlar, tegishli texnik yoki siyosat sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tajribasini kengaytirishni istagan yosh tadqiqotchilar.

 

 

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

Afzalliklar:

 

– yiliga 34 125 funt sterling ekvivalentida stipendiya (muddatga mutanosib);

 

– bepul turar joy, ovqatlanish, viza va sayohat xarajatlari to‘liq qoplanadi;

 

– mutaxassislar bilan hamkorlik, NeurIPS kabi nufuzli konferensiyalarda tadqiqot nashr qilish imkoniyati;

 

– ijtimoiy va tarmoq tadbirlarida ishtirok etish;

 

– zarur hollarda qo‘shimcha moliyaviy yordam.

 

 

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

 

Saralash bosqichlari: yozma ariza, 1-bosqich suhbat (20%), 2-bosqich suhbat (15 daqiqa), yakuniy taklif. Nomzodlar 2025-yil noyabr o‘rtalariga qadar natijalar haqida xabardor qilinadi.

 

 

Eslatma: barcha yozma javoblar shaxsiy fikr va tajribaga asoslangan bo‘lishi kerak; AI vositalaridan foydalanish qat’iyan man etiladi.

 

 

Ariza topshirishning so‘nggi muddati: 2025-yil 3-noyabr.