21-oktyabr kunidan boshlab maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻquv fanlaridan malaka (test) sinovlari boʻlib o‘tmoqda.
Ushbu malaka sinovlarida bir necha pedagoglar yuksak natijalar ko‘rsatmoqda.
– Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi 2-maktabning o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Dilnoza Turdiyeva 100 ball;
– Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi 1-umumta’lim maktabining o‘qituvchisi Madina Mamarasulova 98 ball;
– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi 22-maktabining ona tili va adabiyoti fanio‘qituvchi Nafisa Mambetova 94 ball;
– Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 9-umumta’lim maktabi o‘qituvchi Shahzod Sultonov 92 ball;
– Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 18-maktab oʻqituvchisi o‘zbek tili fani o‘qituvchisiDildora Akmalova 92 ballni qoʻlga kiritdi.
