Kasbiy ta’lim agentligining vazifalari belgilandi: ta’limda ahamiyati qanday?

Kasbiy ta’lim agentligining vazifalari belgilandi: ta’limda ahamiyati qanday?

Prezidentning PF-190-son Farmoni bilan Kasbiy ta’lim agentligining asosiy vazifalari belgilandi.

 

 

Jumladan, Agentlik tomonidan,

 

Kasbiy ta’limni muvofiqlashtirish bo‘yicha:

 

– texnikumlar faoliyati metodik jihatdan muvofiqlashtiriladi va boshqariladi;

 

– direktor va ularning o‘rinbosarlari tanlov asosida tayinlanadi;

 

– mehnat bozori ehtiyojidan kelib chiqib, o‘quvchilarni qabul qilish rejasi tasdiqlanadi;

 

– mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha texnikumlar uchun majburiy bo‘lgan kasbiy ta’lim dasturlari bo‘yicha beriladigan malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash tartibi va texnikumlarning o‘quv-metodik bazasiga qo‘yiladigan yagona talablar belgilanadi.

 

 

Ta’lim mazmuni va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha:

 

– tabaqalashtirilgan o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinadi;

 

– texnikum va korxonalar o‘rtasida hamkorlik kengaytirilib, dual ta’lim tizimi rivojlantiriladi;

 

– hayot davomida o‘qish tamoyili tatbiq etilib, aholining turli toifalari uchun kasbga o‘qitish imkoniyatlari yaratiladi;

 

– o‘quv jarayonida interaktiv, raqamli va innovatsion o‘qitish texnologiyalari joriy etiladi;

 

– texnikumlar o‘quv-uslubiy materiallar va adabiyotlar bilan ta’minlanadi.

 

 

Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha:

 

– o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tashkil qilinadi;

 

– pedagoglar attestatsiyadan o‘tkazilib, ularga malaka toifalari beriladi;

 

– pedagoglar faoliyatini samarali baholash va rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

 

 

Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha:

 

– texnikumlarning laboratoriya va ustaxonalari zamonaviy texnika, asbob-uskuna va sarflovchi materiallar bilan ta’minlanadi;

 

– kasbiy ta’limda davlat-xususiy sheriklik rivojlantiriladi.

 

 

Xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha:

 

– qo‘shma va xalqaro ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;

 

– xorijiy mutaxassislar ta’lim jarayoniga jalb etiladi, mahalliy o‘qituvchilar chet elda malaka oshirishga yuboriladi;

 

– kasbiy ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazishga ko‘maklashiladi.

 

 

Ushbu yo‘nalishlar kasbiy ta’lim tizimini zamon talablari darajasida rivojlantirishga xizmat qiladi.