Xabaringiz bor, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy ragʻbatlantirish va moddiy yordam berish boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda ishchi guruhi deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari ishchi guruhining faoliyatiga hamda ular qabul qiladigan qarorlarga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ishchi guruh umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori asosida, muassasa direktorining buyrugʻi bilan kamida yetti kishidan iborat toq sonda quyidagi tarkibda tasdiqlanadi:
Ishchi guruhi rahbari — umumtaʼlim muassasasi direktori;
Ishchi guruh aʼzolari — oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi, umumtaʼlim muassasasi pedagog xodimlari orasidan hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi kuzatuv kengashi va oʻquvchilarning ota-onalaridan vakillar.
Umumtaʼlim muassasasining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari — Ishchi guruhning masʼul kotibi hisoblanadi.
Ishchi guruh faoliyatida shaffoflikni taʼminlash maqsadida ushbu ishchi guruh tarkibi har oʻquv yili boshlangunga qadar umumtaʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan qayta koʻrib chiqiladi. Bunda ishchi guruh tarkibidagi umumtaʼlim muassasasi pedagog xodimlari, umumiy oʻrta taʼlim muassasasi kuzatuv kengashi va ota-onalar vakillari har yili oʻzgartirib borilishi shart.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 662-sonli qaroriga muvofiq, bunda umumtaʼlim muassasalarining opedagoglari va boshqa xodimlari farzandlari mazkur umumtaʼlim oʻqigan taqdirda, mazkur taʼlim muassasasi ishchi guruhi tarkibiga ota-onalardan vakil sifatida jalb etilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
