Hudson institutidan bakalavriat talabalari va yaqinda oʻqishni bitirganlar uchun AQShda toʻliq moliyalashtiriladigan dastur

Hudson institutidan bakalavriat talabalari va yaqinda oʻqishni bitirganlar uchun AQShda toʻliq moliyalashtiriladigan dastur

AQShning Vashington shtatida joylashgan Hudson instituti siyosat sohasiga qiziqadigan bakalavriat talabalari uchun toʻliq moliyalashtiriladigan 6 haftalik Summer Fellowship Program dasturini taklif etadi.

 

 

Dastur asosiy maqsadi — yoshlarda siyosiy fikrlashni rivojlantirish va ularga davlat siyosatini chuqur oʻrganish imkoniyatini yaratishdir. Dastur davomida jamiyatning namunali mutaxassislari va taniqli maʼruzachilari tomonidan turli tadbirlar tashkil qilinadi.

 

Dastur 2026-yil 24-maydan 7-avgustgacha davom etishi rejalashtirilgan.

 

Dastur davomida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:

 

– siyosiy nazariya va davlat siyosati mavzulari boʻyicha mohir oʻqituvchilar tomonidan seminarlar oʻtiladi, ishtirokchilar siyosatga doir matnlarni muhokama qiladi;

 

– siyosatshunoslar va tajribali hukumat amaldorlari boshchiligida siyosatni ishlab chiqish jarayonida ishtirokchilar faol qatnashadilar;

 

– hukumat, biznes, jurnalistika, harbiylar va akademiyaning rahbarlari davlat xizmatining asl mohiyati va mamlakatning eng dolzarb muammolari haqida maʼlumot berishadi;

 

– ishtirokchilar siyosatni boshqa sohalar, jumladan, sanʼat, tarix va harbiy qarorlarni qabul qilish orqali koʻrishlari uchun milliy va tarixiy ahamiyatga ega joylarga sayohat qilishlari mumkin;

 

– dastur siyosiy nazariya va amaliyot boʻyicha taʼlim berish orqali yoshlarda dunyo oldida turgan muammolarga jiddiy qarshi turishga yordam beradigan siyosiy fikr va strategik tahlilni shakllantiradi.

 

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Maqbullik shartlari

 

Barcha bakalavriat talabalari va yaqinda bitirgan talabalar qatnashishi mumkin.

 

Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim.

 

Nomzodlar siyosat sohasiga va siyosiy tadqiqotlar oʻtkazishga qiziqishi lozim.

 

Muhim: Til bilish sertifikati so‘ralmaydi. Biroq, xalqaro talabalar yozma va og‘zaki ingliz tilini yaxshi bilishlari kerak.

 

Foydali tomonlari:

 

– dasturda qatnashish bepul;

 

– Vashingtonda bepul turarjoy bilan taʼminlanadi.

 

– safar, ovqatlanish xarajatlari uchun 3,000 AQSh dollar stipendiya beriladi.

 

– mohir oʻqituvchilar boshchiligidagi kurslar tashkil qilinadi.

 

– soha mutaxassislari va tajribali hukumat amaldorlari tomonidan siyosat boʻyicha seminarlar oʻtkaziladi.

 

– barcha kitoblar va boshqa kurs materiallari bilan taʼminlanadi;

 

– milliy va tarixiy ahamiyatga ega joylarga sayohat qilish imkoniyati.

 

Muhim: Ishtirokchilar stipendiya muddati davomida boshqa amaliyot yoki ish shakllarini davom ettira olmaydi.

 

Hujjat topshirish:

 

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

 

Talab qilinadigan hujjatlar:

 

– rezyume yoki CV.

 

– shaxsiy bayonot (maksimal 1000 ta soʻz).

 

– yoʻnalishga doir nomzod tomonidan yozilgan ish namunasi (insho, maqola va boshqalar), maksimal 15 bet.

 

– tavsiyanoma.

 

– fotosurat.

 

Eslatma: Tavsiyanomalar tavsiya beruvchi tomonidan oxirgi muddatga qadar rmackey@hudson.org elektron manziliga yuborilishi mumkin.

 

Hujjat topshirish haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Dasturga quyidagi muddatlarda ariza topshirish mumkin:

 

Erta qabul uchun oxirgi muddat: 9-yanvar, 2026-yil.

 

Doimgi qabul uchun oxirgi muddat: 2-mart, 2026-yil.

 

Muhim: Erta qabulga topshirgan nomzodlarga ustunlik beriladi.