Berlinning Helmholtz-Zentrum Berlin (HZB) universiteti tomonidan bakalavr va magistratura bosqichi talabalari uchun 8 haftalik yozgi tadqiqot dasturi eʼlon qilindi.
Dastur fizika, kimyo, materialshunoslik, strukturaviy biologiya, matematika, atrof-muhit fanlari, muhandislik hamda shunga tegishli sohalarda oʻqiyotgan talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, bunda dasturga qabul qilingan ishtirokchilar olimlar bilan yaqin hamkorlikda oʻzlarining ilmiy loyihalari ustida ishlash, Berlin-Vansi yoki Berlin-Adlershofdagi HZB kampuslarida joylashgan laboratoriyalarida yoki eksperimental maydonlarida tadqiqot guruhlarning kundalik ishlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.
Dastur 2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha davom etadi hamda ishtirokchilar dastur yakunida tadqiqot yuzasidan taqdimot qilishlari kerak boʻladi.
Dasturga qabul jarayoni 2025-yil 14-dekabrgacha davom etadi.
Olib boriladigan tadqiqot jarayoni bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Maqbullik shartlari
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– barcha davlat fuqarolari qatnasha oladilar;
– nomzod fizika, kimyo, materialshunoslik, struktural biologiya, muhandislik, hayot yoki atrof-muhit fanlari yoki shunga tegishli yoʻnalishlarda bakalavr yoki magistratura talabasi boʻlishi (PhD emas);
– universitetda toʻliq shtat asosida kamida ikki yilni oʻqib tugatgan boʻlishi, yaʼni kamida ikkinchi kursni tugatgan boʻlishi kerak;
– ingliz tilini yaxshi bilishi, nemis tilini ham bilishi ustunlik beradi;
– dasturga qabul qilinganlar HZB da amaliyot tugaguncha oʻzlari oʻqiyotgan universitet talabalar safida qolishlari shart (2026-yil 6-iyuldan 28-avgustgacha);
– ariza topshirish muddati tugagunga qadar bitta tavsiyanoma topshirishlari kerak.
Dastur talablari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.
Foydali tomonlari
Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻlishadi:
– dasturga qabul qilinganlar bilan 8 haftalik amaliyot shartnomasi tuziladi;
– Berlin va Potsdamdagi universitet talabalari uchun €1000, Germaniyadan tashqari boshqa davlat universitet talabalari uchun €1900 mablagʻ ajratiladi;
– borib-kelish xarajatlari uchun — €800.
