Professional yosh xodimlar uchun Germaniyada xarajatlari to‘liq qoplanadigan 3 oylik amaliyot dasturi

Professional yosh xodimlar uchun Germaniyada xarajatlari to‘liq qoplanadigan 3 oylik amaliyot dasturi

CrossCulture Fellowship Programme dasturi dunyoning turli mamlakatlaridan ijtimoiy faol professionallarga Germaniyada malaka oshirish imkoniyatini taqdim etadi. Dasturda jami 40 mamlakatdan 60 nafar ishtirokchi o‘z sohalari bo‘yicha Germaniyaning turli tashkilotlarida 2-3 oy davomida amaliyot o‘taydi.

 

 

2026-yil uchun dasturning muddati an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etiladi. Biroq, nomzodning jismoniy salomatligiga qarab, onlayn amaliyot o‘tkazish imkoniyati ham mavjud. Bunda CCP tomonidan o‘tkaziladigan madaniyatlararo seminarlar, tarmoq va professional tadbirlarda qatnashish mumkin. Vataniga qaytgandan so‘ng, ishtirokchilar Germaniyada orttirgan tajribalarini o‘z tashkilotlarida amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

 

 

Dasturning asosiy yo‘nalishlari:

 

– siyosat va jamiyat;

– media va madaniyat;

– inson huquqlari va tinchlik;

– barqaror rivojlanish;

– norasmiy siyosiy ta’lim.

 

 

Dastur ingliz tilida olib boriladi, ammo nemis tilini bilish afzallik yaratadi. Ishtirokchilar safar, tibbiy sug‘urta, viza xarajatlari va oylik stipendiya bilan ta’minlanadi, shuningdek, bepul turar joy bilan ham ta’minlanadi.

 

 

Ariza topshirish muddati: 2025-yil dekabr oygacha davom etadi.

 

Maqbullik shartlari:

 

Dasturning ishtirokchilari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:

 

 

– ro‘yxatda keltirilgan davlat fuqarosi bo‘lish (O‘zbekiston ro‘yxatda mavjud);

 

– 23 yoshdan katta bo‘lish;

 

– kamida 2 yillik to‘liq ish tajribasiga ega bo‘lish;

 

– ingliz tilida kuchli og‘zaki va yozma mahoratga ega bo‘lish (nemis tili afzallik beradi);

 

– ijtimoiy jihatdan faol bo‘lish;

 

– chet elda yashash uchun sog‘lom bo‘lish;

 

– talabalar dasturda ishtirok eta olmaydi.

 

 

Dastur talablari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Foydali tomonlari:

 

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladi:

 

 

– Germaniyaga borish va kelish safar xarajatlari qoplanadi;

 

– 650 yevro oylik stipendiya taqdim etiladi;

 

– bepul turar joy va ichki transport uchun maxsus bilet bilan ta’minlanadi;

 

– tibbiy sug‘urta va viza xarajatlari qoplanadi.

 

 

Dasturning manfaatli jihatlari haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Hujjat topshirish jarayoni:

 

Ariza topshirish 3 bosqichda amalga oshiriladi:

 

  1. Ishtirokchi o‘z davlatiga tegishli ariza topshirish sahifasini topadi.

  2. Ariza shaklini to‘ldiradi va kerakli hujjatlarni yuklaydi.

  3. To‘ldirilgan ariza shaklini onlayn portal orqali yakunlaydi.

 

Kerakli hujjatlar:

 

– CV;

 

– ish joyidan tavsiyanoma (namuna);

 

– shaxsiy surat (ixtiyoriy).

 

Saralangan nomzodlar Germaniya elchixonasi tomonidan intervyuga chaqiriladi. Intervyu jarayoni vaziyatga qarab onlayn yoki telefon orqali amalga oshirilishi mumkin.