Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 8-oktabrdagi tegishli buyrugʻi bilan joriy oʻquv yilining I chorak yakuni boʻyicha bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf oʻquvchilari uchun choraklik summativ baholash (CHSB) sinovlari markazlashgan tartibda oʻtkazilishi belgilangan.
Unga koʻra:
– 23-30-oktabr kunlari — onlayn (kompyuterda) shaklda;
– 1-noyabr kuni — anʼanaviy (qogʻozda) shaklda tashkil etiladi.
Mazkur oʻquv choragida markazlashgan CHSB fanlari quyidagicha tarzda oʻtkazilishi belgilangan:
– 5-6-sinflar — Matematika, Ona tili fanlari;
– 7-sinf — Oʻzbekiston tarixi, Biologiya fanlari;
– 8-sinf — Algebra, Fizika fanlari;
– 9-sinf — Algebra, Ona tili fanlari;
– 10-sinf — Algebra, Kimyo fanlari;
– 11-sinf — Algebra, Ingliz tili fanlari.
