Respublika bo‘yicha pedagoglarning metodik ishlarini ommalashtirish jarayoni o‘zi nihoyasiga yetdi. Ommalashtirish.uz platformasida ommalashtirishga tavsiya etilgan metodik ishlar natijalari e’lon qilinib, sertifikatlar onlayn tarzda tarqatish ishlari boshlangan.
Ammo ayrim o‘qituvchilarning sertifikatlarida xatoliklar yuzaga kelish holatlari kuzatilgan.
Sertifikatlardagi xatoliklarning yuzaga kelish sabablari pedagog xodimlarga yordamlashish maaqsadida Respublika ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan Telegram messenjerida ochilgan telegram kanalida ochiqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunga bir qancha sabablar bor.
Birinchidan, barcha sertifikatlar kiril-lotin aralash holatda chiqib kelishiga asos qilib erp.maktab.uz platformasiga barcha maktablar kiril alifbosida qo‘shilgan va shunga qaramay, ayrim ma’lumotlar lotin alifbosida kiritilganligi ko‘rsatilgan.
Ikkinchidan, ayrim o’qituvchilar ish joyini o’zgartirganda eski ish joyidagi ERP dan o’z ma’lumotlarini chiqarib, yangi maktabiga ro‘yxatdan o‘tmaganligi sababli tuman va maktablar raqamlarida farq qilish holatlari yuzaga kelgan.
Uchinchidan, ba’zi o‘qituvchilarning profilida ism-familiyasi xato yoki ikki marta kiritganligiga ERP tizimi bilan bog‘liq integratsiyada yo‘l qo‘yilgan xatoliklar sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, ommalashtirish bo‘yicha berilgan sertifikatlarning soxta variantlari ham tarqalgan.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida, Respublika ta’lim markazi o‘z sertifikatlarida QR-kodlardan foydalanishni joriy qilganligini hamda rasmiy sertifikatlar faqat ushbu markaz tomonidan berilishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, sertifikatlarning haqiqiyligini QR-kodlar skanerlab, ochilgan ma’lumotlarning www.ommalashtirish.uz havolasi bilan bog‘liqligi orqali bilib olish mumkin. Boshqa havolalar bilan ochilgan sertifikatlar esa haqiqiy hisoblanmaydi.