Kollej va texnikumlar uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi

2024/2025-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

 

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

 

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

 

Matematika – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

 

O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

 

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

 

Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

 

1-fan – 30 ta savol.

Har biri uchun 3.1 balldan.

Maksimal ball – 93 ball.

 

2-fan – 30 ta savol.

Har biri uchun 2.1 balldan.

Maksimal ball – 63 ball.

 

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

 

5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

 

Eslatib o‘tamiz, kollej va texnikumlarga ham ro‘yxatga olish 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры