Kogon tumanidagi 3-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Akrambek Rajabov xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
Avvalroq u ingliz tili bo‘yicha bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 8.0 ball natija ko‘rsatgan bo‘lsa, yaqinda bo‘lib o‘tgan SAT imtihonida 1550 ball to‘plab, dunyoning 99 foizli ilg‘or natijalari qatoriga kirdi.




