Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

Maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time education) ta’lim shakli qanday va qachondan yo‘lga qo‘yiladi?

“Taʼlim toʻgʻrisida”gi OʻRQ–637-sonli Qonuniga ayrim qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilish bo‘yicha loyiha e’lon qilindi. 

 

Qonun loyihasida Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim haqida ham alohida modda kiritilgan.

 

16/1-modda. Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim

 

Maqbullashtirilgan muqobil kunduzgi taʼlim (part-time education) oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan, talabalarning oʻqish va ishlashini birgalikda olib borish imkonini beruvchi, oʻqish anʼanaviy kunduzgi taʼlim shakliga qaraganda koʻproq moslashuvchan va vaqt boʻyicha qulaylik yaratadigan, haftalik oʻquv yuklamasi (soatlari) kamaytirilgan, oʻqish davomiyligi kunduzgi taʼlim shakliga nisbatan kamida bir yarim barobar koʻp oʻqish muddatini tashkil etadigan va bakalavriatda 8 yilgacha, magistraturada 4 yilgacha boʻlgan oʻqish davomiyligidagi taʼlim shaklidir.

 

Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlimni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.