Qurbon hayiti munosabati bilan necha kun dam olinadi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan, shu kuni Qurbon hayiti bayrami nishonlanadi.

 

Prezidentning qaroriga ko‘ra, besh kunliklar ketma-ket 4 kun, olti kunliklar esa 3 kun dam olishadi:

 

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры