Nogironligi bor abituriyentlarga OTMga kirishda imtiyozlar beriladimi?

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar, avvalo, ularga qulay imtihon muhitini yaratib berishdan boshlanishi kerak.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2023 yildagi PQ-74-son qarorida, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi ya’ni, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi belgilangan.

 

Bilimni baholash agentligi nogironligi bor shaxslarga OTM larga kirish imtihonlarida beriladigan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra:

– I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi;

– I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi;

– ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi;

– imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi;

– nogironligi bo‘lgan talabalar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari ajratiladi. Ushbu davlat granti har bir ta’lim shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari kesimida belgilanadi va abituriyentlar tomonidan tanlangan 5 ta OTM uchun ham o‘rinli hisoblanadi;

 

Shuni yodda tutish kerakki, grant asosidagi 2 foizlik kvota doirasida talaba bo‘lish uchun abituriyent belgilangan maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plashi kerak. Ya’ni, ajratilgan kvota doirasida abituriyent to‘plagan balli bo‘yicha yuqori o‘rinda bo‘lib, ammo uning balli maksimal ballning 30 foizidan kam bo‘lsa, unda abituriyent bu imkoniyatdan foydalana olmaydi.

 

Bundan tashqari, nogironligi bor fuqarolarga “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.

 

Prezidentning maxsus qarorida, imkoniyati cheklangan abituriyentlarga o‘qishga qabul jarayonlarida beriladigan imtiyozlar bilan bir qatorda, OTMlarda tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ham bir qancha qulayliklar yaratish belgilangan. Qarorga ko‘ra, talabalarga o‘qish jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biri OTMda birga bo‘lishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры