Xabaringiz bor, ayni vaqtda respublika bo‘ylab 9–11-sinflar orasida asosiy olimpiadaning ikkinchi – tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilmoqda.
Fan olimpiadalari markazi kimyo fanidan asosiy olimpiadaning ikkinchi – tuman (shahar) bosqichida qatnashgan o‘quvchilarning hududlar kesimidagi statistikasini e’lon qildi.
Statistikaga ko’ra, O‘zbekiston bo‘ylab jami 39 769 nafar o‘quvchi ishtirok etgan.
9-10-sinflar kesimida eng ko‘p Qashqadaryo viloyatidan jami 3 267 nafar o‘quvchi, 11-sinf kesimida esa Farg‘ona viloyatidan 1 735 nafar o‘quvchi qatnashgan.

