Qashqadaryoda direktor maktabga ishga joylashtirish evaziga ayolga jinsiy aloqa taklif qilgani aytilmoqda

Qashqadaryoda direktor maktabga ishga joylashtirish evaziga ayolga jinsiy aloqa taklif qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani 17-maktab direktori ishga joylashtirish evaziga ayolga jinsiy aloqa taklif qilgani haqida audio yozuvlar tarqaldi.

 

 

Ushbu holat yuzasidan tarqalayotgan post bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

 

 

 

Mazkur holat Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganib chiqilgan. Boshqarma boshlig‘ining 2025-yil 16-oktabrdagi 844-K-sonli buyrug‘i bilan maktab direktori vazifasidan ozod etilgan.

 

 

Bu kabi holat avvalroq vazirlik tizimida ham kuzatilgan edi.