Poytaxtning 316-son maktab o‘quvchilari 2 smenada o‘qimoqda. Maktab hududi esa ijaraga berilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Shayxontohur tumanidagi 316-son maktab o’quvchilarining ba’zilari ikki smenada o’qib, qish kunlari kech qorong’usida uyga qaytishga majbur bo’lmoqda” mazmunida xabarlar tarqaldi.

 

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan bayonot berdi. Unga ko’ra, Shayxontohur tumanidagi 316-sonli umumta’lim maktabi 1150 nafar o’quvchiga mo’ljallangan bo’lib, hozirda esa 1277 o’quvchi ta’lim olmoqda.

 

Shunga qaramasdan, mazkur ta’lim muassasasining 1400 kv. metridan “Wisdom” nodavlat ta’lim tashkiloti 2019/2020-o’quv yilidan boshlab, uch tomonlama tuzilgan shartnoma asosida foydalanib keladi. Buning natijasida esa maktab o’quvchilarining 1037 nafari birinchi, 240 nafari esa ikkinchi smenada darslarga qatnashiga to’g’ri kelgan.

 

Hozirda yangi o’quv yilidan boshlab maktabda dars jarayonlarini to’liq bir navbatda yo’lga qo’yish hamda masalani ijobiy hal qilish maqsadida ayrim sinfxonalarida rekonstruktsiya ishlarini boshlash choralari ko’rilmoqda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры